Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darvin Nunyes Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Insayder Sasha Tavolyerining X tarmog‘ida xabar berishicha, Trabzon shahri klubi ushbu futbolchi uchun kechgan raqobatda Istanbulning «Beshiktash» jamoasini ortda qoldirdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Nunyes ertaga, 15 avgust kuni Turkiyaga uchib keladi. Urugvaylik hujumchi yangi jamoasiga bir mavsumlik ijara huquqi asosida kelib qo‘shilishi aytilmoqda.
Avvalroq «Trabzonspor» «Liverpul»ning yana bir sobiq hujumchisi Muhammad Saloh transferini erkin agent maqomida e’lon qilgan edi. Nunyesga da’vogarlik qilgan «Beshiktash» esa «Yuventus»ning sobiq forvardi Dushan Vlahovich bilan tarkibini kuchaytirib oldi.













