Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Galatasaroy» Batrakov bo‘yicha taklifini yaxshiladi

«Galatasaroy» Batrakov bo‘yicha taklifini yaxshiladi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi Moskvaning «Lokomotiv» jamoasiga yarim himoyachi Aleksey Batrakovning transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda futbol insayderi Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lu xabar bermoqda.

Jurnalistning ta’kidlashicha, transferning umumiy summasi 28 million yevroni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ning 3 million yevrosi bonuslar ko‘rinishida ko‘zda tutilgan. Sabunjuo‘g‘luning qayd etishicha, «Galatasaroy» ayni damda taklif yuzasidan «Lokomotiv»ning javobini kutmoqda.

Aleksey Batrakov — «Lokomotiv» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, butun faoliyati davomida ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq insayderlar futbolchining o‘zi klub rahbariyatidan uni «Galatasaroy»ga qo‘yib yuborishlarini so‘raganini xabar qilishgan edi.

Kiritildi: 16:28, 14.08.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик