«Bavariya»ning sport masalalari bo‘yicha boshqaruv a’zosi Maks Eberl klub «Aston Villa» tomonidan Joau Palinya bo‘yicha yuborilgan ijara taklifini rad etganini tasdiqladi.
Eberlning ma’lum qilishicha, ikki klub o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan, ammo tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
«Aston Villa» Joau Palinya masalasida biz bilan bog‘landi, ammo kelishuvga erisha olmadik», — dedi Eberl.
Ayni paytda «Bavariya» yarim himoyachi bilan xayrlashish uchun faqat to‘liq transfer variantini ko‘rib chiqmoqda.
Myunxen klubi Palinyani ijaraga berishni istamayapti. Hatto keyinchalik majburiy sotib olish sharti kiritilgan ijara bitimi ham «Bavariya»ni qiziqtirmayapti.
Shu tariqa, «Aston Villa» portugaliyalik yarim himoyachini vaqtincha o‘z safiga qo‘shib olish borasida hozircha kelishuvga erisha olmadi.













