Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Abdusattorov kibersport bo‘yicha JCHda qancha ishlab topdi?

Abdusattorov kibersport bo‘yicha JCHda qancha ishlab topdi?

Baho:
+ | -

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan Esports World Cup Chess musobaqasida chorakfinal bahslari boshlandi. Guruh bosqichidagi barcha uchrashuvda g‘alaba qozonib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov chorakfinalda musobaqani tark etdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi bu turnirdagi natijasi evaziga 75 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada NAVI jamoasi nomidan ishtirok etgan O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Denis Lazavik bilan bahs olib bordi. Dastlabki to‘rtta partiyada g‘olib nomi aniqlanmadi. Shundan so‘ng, armaggedon bahsida Lazavik g‘alaba qozondi hamda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shaxmatchilar “10+0” ya’ni rapid formatida bahslashadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi va g‘olib 250 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

Esports World Cup musobaqasining sovrin jamg‘armasi 1,5 million dollarni tashkil qiladi. G‘olib 250 ming dollar, ikkinchi o‘rin egasi 190 ming dollar, uchinchi o‘rin sohibi 145 ming dollar, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi esa 100 ming dollar mukofot oladi. 5–8-o‘rin egalari 75 ming, 9–12-o‘rinlar 55 ming, 13–16-o‘rinlar esa 40 ming dollar miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi. Shuningdek 17–22-o‘rindagi yana 6 nafar shaxmatchi egallagan o‘rniga qarab 20 – 27 ming dollarga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Esports World Cup kibersport turnirida NAVI jamoasi safida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinni egallab, 85 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. Ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan. U joriy yilgi musobaqada ishtirok etmadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 18:53, 14.08.2026.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик