Superliga 17-turi doirasida "Dinamo" o‘z maydonida "Xorazm"ni qabul qiladi.
Uchrashuv bugun, 14 avgust kuni soat 20:00 da boshlanadi. Bahsni bosh hakam Olim To‘ychiboyev boshqarib boradi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari ham ma’lum bo‘ldi.
"Dinamo"ning asosiy tarkibi:
Edem Nemanov, Mixail Shtefan, Jaloliddin Jumaboyev, Amadu Dumbuya, Rasul Yo‘ldoshev, Nurillo To‘xtasinov, Behruzbek Oblaqulov, Tigran Avanesyan, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoyevich, Firdavs Abdurahmonov.
"Xorazm"ning asosiy tarkibi:
Umidjon Ergashev, Suhrob Izzatov, Sunnatullo Hamidjonov, Azizbek Pirmuhammadov, Daniil Nug‘monov, Diyorbek Ortiqboyev, Umidbek Sultonov, Rafael Sabino, Elzio Loxan, Rustamjon Abduhamidov, Ulug‘bek Hoshimov.
"Dinamo"ga Vadim Abramov, "Xorazm"ga esa Sergey Tokov bosh murabbiylik qilmoqda.
Uchrashuvda VAR vazifasini Firdavs Norsafarov, AVAR vazifasini esa Elnur Doniyorov bajaradi.













