Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Jeydon Sancho faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishga moyil

Jeydon Sancho faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishga moyil

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ni tark etgan va ayni paytda erkin agent maqomida bo‘lgan Jeydon Sancho faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishga moyil. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli vingerga Angliya Premyer-ligasi klublaridan ham takliflar bor, biroq futbolchi xorijda o‘ynash variantini afzal ko‘rmoqda.

Sanchoga asosiy da’vogarlardan biri Dortmundning "Borussiya" klubi hisoblanadi. Angliyalik futbolchi avval ham ushbu jamoa safida to‘p surgan va uning hisobida "Borussiya" tarkibida 158 ta uchrashuv bor.

Sancho 2021 yilda "Borussiya"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumni u ijara asosida "Aston Villa"da o‘tkazib, 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. Unai Emeri jamoasi bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.

Undan avvalgi mavsumda esa Sancho "Chelsi"da ijara asosida to‘p surib, 41 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Kelishuvda futbolchini majburiy sotib olish bandi bo‘lgan, ammo London klubi "Manchester Yunayted"ga qariyb 6 mln yevro tovon puli to‘lab, futbolchini ortga qaytargan.

Ayni paytda Sancho jismoniy holatini saqlab turish maqsadida Angliyaning quyi divizionlarida ishtirok etuvchi "Flikston" klubi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 21:46, 14.08.2026.
O'qildi: 1417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик