"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.
"Bizning bitta maqsadimiz bor — g‘alaba qozonish. Mourinyodek qanday yutishni biladigan murabbiy bilan ishlash juda yaxshi", — deya Mbappening so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.
Avvalroq fransuz hujumchisi "Real" kelasi mavsumda sovrinlar qo‘lga kiritishiga ishonch bildirgan edi.
Mourinyo joriy yozda "Real" bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bu lavozimda Alvaro Arbeloani almashtirdi.
Madridliklar yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 22 avgust kuni o‘tkazadi. La Liganing 1-turida Mourinyu shogirdlari safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













