Superligada "Navbahor" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi sermahsul uchrashuv namanganliklarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bahs statistikasiga ko‘ra, "Navbahor" hujumkorlik borasida raqibidan sezilarli ustunlik qildi. Namanganliklar darvoza tomon jami 24 ta zarba yo‘llab, shularning 10 tasini aniq amalga oshirdi. "Bunyodkor" esa 6 ta zarbadan 3 tasini aniq yo‘lladi.
Kutilgan gollar ko‘rsatkichi — xG bo‘yicha ham "Navbahor"ning ustunligi katta bo‘ldi: 4,23 — 0,49.
To‘p nazoratida esa jamoalar o‘rtasida katta farq kuzatilmadi — 52 foiz "Navbahor", 48 foiz "Bunyodkor" foydasiga.
Paslar aniqligi bo‘yicha toshkentliklar biroz yaxshiroq natija ko‘rsatdi — 82 foizga qarshi 80 foiz.
"Navbahor" 15 ta kalit pas amalga oshirgan bo‘lsa, "Bunyodkor"da bu ko‘rsatkich 5 tani tashkil qildi. Burchak zarbalari bo‘yicha ham mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘ldi — 7:0.
Qoidabuzarliklar soni "Navbahor"da 11 ta, "Bunyodkor"da 16 tani tashkil etdi. Har ikki jamoa 2 martadan ofsayd holatiga tushib qoldi.













