Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 1-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 0-0 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

De Yong "Barselona"ning yangi mavsumdagi maqsadlarini ochiqladi

De Yong "Barselona"ning yangi mavsumdagi maqsadlarini ochiqladi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

"Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Menimcha, jamoamiz tarkibi yaxshi va uni yanada kuchaytirishni ham uddalayapmiz. Har yili yanada kuchli bo‘lib boryapmiz. Bu yosh jamoa, ammo allaqachon bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritishga ulgurdi.

Bizda katta ambisiyalar bor va yanada ko‘proq g‘alaba qozonishni istaymiz.

Barcha musobaqalarda katta umid bilan ishtirokni boshlaymiz. So‘nggi yillarda sovrinlar yutayapmiz, ammo hali bajarilmagan vazifalar ham bor. Biz har yili barcha turnirlarda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Albatta, Chempionlar ligasi biz uchun alohida ahamiyatga ega", — deya de Yongning so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.

Kiritildi: 23:03, 14.08.2026.
O'qildi: 1654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик