Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Vadim Abramov: «Jarohatlar qiynab qo‘ymoqda»

Vadim Abramov: «Jarohatlar qiynab qo‘ymoqda»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Xorazm» (2:2) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning o‘yin haqidagi savollariga javob qaytardi.

- O‘yinni yomon boshlamagandik, to‘g‘ri o‘ynayotgandik, keyin esa axmoqona xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bu esa gol qo‘yib yuborilishiga sabab bo‘ldi. Keyin esa qahramonlik ko‘rsatib hisobda oldinga chiqib oldik. Afsuski, yana xatoga yo‘l qo‘yib burchak zarbasidan gol o‘tkazdik. Aslida to‘p o‘sha nuqtaga yetkazilishini bilardik, ammo tajribali yigitlar qanday qilib bu tarzda himoyalanishdi, yakunda gol o‘tkazdik. Raqib o‘yinchisi 11 metrlik nuqtadan kelib gol urib ketdi. Umuman olganda esa o‘yin jangovar o‘tdi, muxlislarga yoqqan bo‘lsa kerak, ammo biz muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdik.

- Jarohat olgan o‘yinchilar bilan vaziyat qay holatda?
- Afsuski, ular orasiga bugun Sanjar Qodirqulov ham qo‘shildi. Jarohat olganlar hali maydonga qaytishga tayyor emas. Bu qiynab qo‘ymoqda. Bor imkoniyatdan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi.

- Ularning qaytishini qachon kutsak bo‘ladi?
- Bilmadim, hali aniq gapirish qiyin. Ko‘ramiz, tibbiy bo‘limimiz qanday ish olib borarkin, ko‘rayapmiz, o‘yinlar ketma-ket bo‘lib o‘tmoqda. Ularni tayyorlash kerak, hali mashg‘ulotga qo‘shilgani yo‘q, tarkibga qaytishga yaqindek emas.

- Keyingi turda «Dinamo»ni OKMK va «Paxtakor»dek kuchli raqiblar kutib turibdi. Nimaga umid qilsak bo‘ladi?
- Nega, bu futbol, bugun kim ochko yo‘qotishimizni kutgandi? Ha, raqiblar jiddiy, ammo biz har qanaqasiga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Raqiblarning burchak zarbalari «Dinamo» uchun xavfli bo‘lib qolmoqda. Buni qanday bartaraf etish mumkin?
- Buni yigitlarga tushuntirgandik, ammo ular raqib ortidan ketib qolishdi. Aslida gol uriladigan nuqtani egallash kerak. Bu juda oddiy.

- Jahongir Abdusalomov kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda, ammo u maydonga tushiboq assist qildi va gol urdi. Kam o‘ynayotgani jismoniy holat bilan bog‘liqmi?
- Og‘irlikni hammaga berishimiz kerak, shu bois o‘yinni kuchaytirish uchun uni zaxiradan maydonga tushirdik va u gol urdi. Uning zaxiradan maydonga tushishi faqatgina taktik o‘ylanmalar bilan bog‘liq.

- Hojimirzayevning yo‘qligi jamoaga qanchalik ta’sir qilmoqda?
- Shubhasiz, nafaqat Hojimirzayev, Amonov, O‘rozov singari o‘yinchilarning ham yo‘qligi katta yo‘qotish, ta’sir qiladi. Ular yetakchi o‘yinchilarimizdan edi. Istalgan jamoa bunday paytda qiynaladi. Bu ko‘proq taqvim zichligi bilan bog‘liq, raqiblarimiz bizga qaraganda 1-2 kun ko‘proq dam olmoqda, biz esa tiklanish ishlarini olib bora olmayapmiz.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:19, 15.08.2026.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик