Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Italyan klubi Martinelli bo‘yicha so‘rov yuborgan

Italyan klubi Martinelli bo‘yicha so‘rov yuborgan

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinelliga yana bir klub — «Napoli» qiziqish bildirmoqda.

Italiya grandi braziliyalik futbolchi bo‘yicha ehtimoliy transfer shartlarini bilish uchun so‘rov yubordi, deb xabar bermoqda jurnalist Janluiji Longari. Tomonlar muzokara olib bormoqda.

Avvalroq Turkiyaning «Galatasaray» klubi Gabriel Martinelli uchun 45 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi Mikel Arteta jamoasi safida 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:59, 15.08.2026.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик