Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ning yangi mavsumdagi maqsadlarini ma’lum qildi

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ning yangi mavsumdagi maqsadlarini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klubning yangi mavsum oldidan qo‘ygan asosiy maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Mutaxassis jamoa har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushishini va shu bilan birga muxlislarga zavq bag‘ishlaydigan futbol ko‘rsatishni maqsad qilganini ta’kidladi.

«Birinchi navbatda, biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz, lekin shu bilan birga o‘yindan zavq olishni ham istaymiz. Aynan shuning uchun ham biz ushbu o‘yinni va ushbu klubni yaxshi ko‘ramiz, chunki ba’zida bizga juda qiyin bo‘ladi.

Biroq buning o‘z jozibasi bor, narsalarni muayyan tarzda amalga oshirishimiz kerakligini juda yaxshi tushunaman. Lekin, albatta, eng muhimi — bu g‘alaba. Biz imkon qadar tesh-tez bunga intilishimiz kerak», — dedi Kerrik «Manchester Yunayted»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

«Manchester Yunayted» 2025/2026 yilgi APL mavsumini 3-o‘rinda yakunladi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, Maykl Kerrik qishda Ruben Amorimning o‘rnini egallab, jamoa bosh murabbiyiga aylangan edi.

Kiritildi: 15:07, 15.08.2026.
O'qildi: 1384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик