Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Martinelli «Galatasaroy»ga o‘tishni xohlamayapti

Martinelli «Galatasaroy»ga o‘tishni xohlamayapti

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli «Galatasaroy»ga transfer qilinish variantiga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda The Athletic jurnalisti David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar Turkiya klubidan 45 million yevrolik taklif olishgan, biroq braziliyalik 25 yoshli futbolchi faoliyatini bu klubda davom ettirishni istamayapti.

Martinellining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan va unda kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish bandi mavjud. Futbolchi 2019 yildan beri «kanonirlar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u barcha turnirlarda 278 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:10, 15.08.2026.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик