Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Van Bronkxorst Xavining Niderlandiya terma jamoasiga tayinlangani haqida: «Men hayron qoldim»

Van Bronkxorst Xavining Niderlandiya terma jamoasiga tayinlangani haqida: «Men hayron qoldim»

Baho:
+2 | -

«Feyenoord» bosh murabbiyi Djovanni van Bronkxorst Xavi Ernandesning Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishini kutmaganini tan oldi.

Xavi oxirgi 48 yil ichida Niderlandiya milliy terma jamoasini boshqaradigan ilk xorijlik mutaxassisga aylandi. Van Bronkxorst ispaniyalik murabbiyni yangi lavozim bilan tabriklaganini aytib o‘tdi.

«U bu lavozimni egallaganidan juda xursand va faxrda edi. Men unga ispan tilida xabar yozdim va u ham menga ispan tilida javob qaytardi», — dedi van Bronkxorst Goal portaliga bergan intervyusida.

«Men hayron qoldim. Odatda mumkin bo‘lgan nomzodlar haqida avvaldan gazetalarda yozishadi, lekin bu tayinlovni hech kim kutmagan edi. Sobiq jamoadoshimning Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanganini ko‘rish yoqimli».

Van Bronkxorst, shuningdek, Xaviga xotirjam ish boshlashi uchun imkoniyat berish va uni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi:

«Biz Xavini qo‘llab-quvvatlashimiz va unga ushbu ishni uddalay olishiga ishonch berishimiz kerak. Keyin esa, har qanday boshqa murabbiy kabi, u natija ko‘rsatishi lozim bo‘ladi».

Til to‘sig‘i haqidagi savollarga javob berar ekan, van Bronkxorst buni jiddiy muammo deb hisoblamasligini, Xavi ingliz tilida yetarlicha yaxshi so‘zlasha olishini va zarur hollarda tarjimonlar yordamidan foydalanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Xavining Niderlandiya terma jamoasidagi debyuti 24 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Germaniyaga qarshi kechadigan o‘yinga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:24, 15.08.2026.
O'qildi: 1753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик