«Bavariya» shanba kuni «RB Leypsig»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
«Bavariya» tarkibidagi uchinchi gol muallifi Jamal Musiala bo‘ldi. Bir necha daqiqadan so‘ng futbolchi hushini yo‘qotib, maydonda yiqilib tushdi. Bild xabar berishicha, Musiala issiq havo tufayli hushidan ketgan — jiddiy muammolar yo‘q.
Jamal Musiala «Bavariya» safida 231 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu bahslarda futbolchi 69 ta gol urgan va sheriklariga 45 ta golli uzatma bergan.













