Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Rasman. Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spens «Inter»ga o‘tdi

Rasman. Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spens «Inter»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spensni Londonning «Tottenxem» klubidan o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnoma 2031 yilning yozigacha amal qiladi.

«Inter» rasmiy saytida Spens haqida shunday deyiladi:

«Kuchli va texnik jihatdan iqtidorli qanot himoyachisi bo‘lgan Spens yakkakurashlarda o‘zini yaxshi namoyon etadi va yuqori tezlanishga ega. U doimo hujumga qo‘shilishga va raqib bilan kurashishga tayyor. Shu bilan birga, himoyada ham ishonchli harakat qila oladi. Buni u jahon chempionatida Argentinaga qarshi o‘yinda Juliano Simeonega qarshi ajoyib podkat ishlatib namoyish etgandi.

Xotirjamlik va o‘zini nazorat qilish uning asosiy xususiyatlaridir. U qachon kurashga kirishish va qachon himoyaviy pozisiyani egallash kerakligini yaxshi biladi. Kuch va nazorat, instinkt va bosiqlik o‘rtasidagi muvozanat Jed Spensni maydonning har ikki qismida samarali harakat qila oladigan universal futbolchiga aylantiradi».

O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.

2026 yilgi jahon chempionatida esa Spens Angliya terma jamoasi safida 8 ta o‘yin o‘tkazdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:52, 15.08.2026.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик