Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Rasman. «PSJ» «Ayaks» hujumchisi Miki Godtsni o‘z safiga qo‘shib oldi

Rasman. «PSJ» «Ayaks» hujumchisi Miki Godtsni o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

«PSJ» 21 yoshli qanot hujumchisi Miki Godtsning «Ayaks»dan transfer qilinganini rasman e’lon qildi. Futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

«Dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga qo‘shilganimdan juda faxrlanaman. Bu libosni kiyib, “Park de Prens” stadioni va muxlislari muhitini his qilishni intiqlik bilan kutyapman. Prezident Nosir Al-Xelayfiy, Luish Kampush va bosh murabbiy Luis Enrike bildirgan ishonchni oqlash uchun maydonda bor kuchimni beraman», — dedi Godts «PSJ» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda belgiyalik vinger barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga teng.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:46, 16.08.2026.
O'qildi: 210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик