Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Spens "Inter" tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi

Spens "Inter" tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi "Tottenxem"ning o‘ng qanot himoyachisi Jed Spens bilan tarkibini kuchaytirdi.

Transfer shanba kuni rasman amalga oshdi, bitim qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi "neradzurri" tarixidagi himoyachilar o‘rtasidagi beshinchi eng qimmat xaridga aylandi. Klub faqat Ashraf Hakimiy (43 mln yevro), Alessandro Bastoni (40,7 mln yevro), Milan Shkrinyar (34 mln yevro) va Benjamen Pavar (32,4 mln yevro) uchun bundan kattaroq mablag‘ sarflagan.

E’tiborlisi, o‘sha portal talqiniga ko‘ra, Jed Spensning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Angliya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi A Seriya grandi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Kiritildi: 08:49, 16.08.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик