"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska Erling Xoland uchun istisno qilishga majbur bo‘lganini tan oldi.
Italiyalik mutaxassis jamoa sardorlaridan har bir goldan so‘ng ko‘rsatmalar olish uchun maydon chetiga kelishni talab qiladi — ushbu qoida murabbiyning avvalgi klublarida ham amal qilgan. "Shaharliklar"ning ikkinchi sardori etib saylangan Xoland uchun esa istisno qilishga to‘g‘ri keldi — chunki u juda ko‘p gol uradi.
— Erling — o‘z gollaridan so‘ng maydon chetiga kelmasligiga ruxsat berilgan yagona sardor. U golni nishonlashi mumkin, — dedi yoz boshida Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallagan Mareska City Xtra nashriga.
Bugun "Manchester Siti" Angliya Superkubogida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.













