"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines joriy yozda klubni tark etishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik golkiperning xizmatlari "Chelsi"ga taklif qilingan, ammo London klubi uni xarid qilish variantidan voz kechgan.
Shunga qaramay, "Aston Villa" Martines uchun yangi jamoa izlashda davom etmoqda.
Argentinalik darvozabonning kelajagi hozircha ochiqligicha qolmoqda va yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar u boshqa klubga o‘tishi ehtimoldan xoli emas.













