Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Chelsi" vingeri Pedru Netu "Al-Hilol" nishonida

"Chelsi" vingeri Pedru Netu "Al-Hilol" nishonida

Baho:
+ | -

"Chelsi" futbolchisi Pedru Netu "Al-Hilol" klubining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Saudiya Arabistoni klubi 26 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy da’vogarlik qilmoqda, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano. "Al-Hilol"ning short-listidan hujum qanotining uch nafar futbolchisi o‘rin olgan bo‘lib, portugaliyalik vinger ulardan biridir.

Transferning taqdiri "Chelsi"ning moliyaviy talablariga bog‘liq bo‘ladi. Netuga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirgan edi, ammo "shaharliklar" belgilangan narxni juda yuqori deb hisoblashdi. Taniqli Transfermarkt portali Pedruning qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

"Al-Hilol" Saudiya chempionatining o‘tgan mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Simone Indzagi jamoasi yangi mavsumni "Al-Faysali" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:2) bilan boshladi.

Kiritildi: 12:17, 16.08.2026.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик