Devid Ornshteynning xabar berishicha, «Sautgempton» markaziy himoyachi Teylor Xarvud-Bellis uchun «Benfika» tomonidan berilgan 20 million yevrolik taklifni rad etdi.
Klub 24 yoshli futbolchini sotishga tayyor, ammo faqat uning real bahosiga mos keladigan summa evaziga. «Avliyolar» aynan qancha narx belgilaganiga manba aniqlik kiritmagan.
Markaziy himoyachining o‘zi, agar tomonlar kelisha olishsa, Portugaliyaga ko‘chib o‘tishdan manfaatdor.
Eslatib o‘tamiz, Teylor 2023 yilning yozidan beri «Sautgempton» sharafini himoya qilib kelmoqda. U dastlab klubda ijara asosida o‘ynagan, jamoa Premyer-ligaga chiqqach esa «Manchester Siti»dan 23 million yevro evaziga to‘liq transfer qilingan edi.
O‘shandan beri u 133 ta matchda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, uning hisobida Angliya terma jamoasi safida bitta o‘yin bor — 2024 yilning noyabr oyida Millatlar Ligasi doirasida Irlandiyaga qarshi (5:0). U 62-daqiqada Kayl Uoker o‘rniga maydonga tushgan va 79-daqiqada Jud Bellingemning uzatmasidan so‘ng debyut golini urgan.













