Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Fabrisio Romano: «Barselona» Luis Suares uchun 80 mln yevro to‘lamoqchi emas

Fabrisio Romano: «Barselona» Luis Suares uchun 80 mln yevro to‘lamoqchi emas

Baho:
+ | -

«Sporting» hujumchisi Luis Suares Kataloniya klubi tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, «Barselona»ga o‘tishi dargumon.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Barselona» Suaresning shartnomasidagi 80 million yevrolik tovon puli opsiyasini faollashtirmoqchi emas, chunki bu narxni haddan tashqari yuqori deb hisoblaydi. o‘z navbatida, «Sporting» ham hech qanday chegirma qilishni rejalashtirmayapti. Luis Suares Portugaliyada qolishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli kolumbiyalik hujumchi barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Suaresning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:53, 16.08.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик