Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Galatasaroy" Ez Abdeni Martinelliga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda

"Galatasaroy" Ez Abdeni Martinelliga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" "Real Betis" vingeri Ez Abdeni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida belgilab oldi. Bu haqda Estadio Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turkiya chempioni "Arsenal" futbolchisi Gabriel Martinellini xarid qila olmasa, marokashlik vingerga jiddiy e’tibor qaratadi.

"Galatasaroy" Abdega hozirgi maoshidan ancha yuqori ish haqi taklif qilishi mumkin. Biroq "Betis" futbolchi bo‘yicha muzokara olib borishni istamayapti va faqat uning shartnomasida ko‘rsatilgan 60 mln yevrolik tovon puli to‘langan taqdirdagina transferni ko‘rib chiqadi.

Xabarlarga ko‘ra, "Galatasaroy" vakillari Abdening atrofidagilar bilan allaqachon bog‘langan. Biroq futbolchining o‘zi Ispaniyada qolishni afzal ko‘rmoqda.

Uning agenti Antonio Kaamanyo ma’lum qilishicha, Abde "Betis" safida o‘z o‘rnini mustahkamlash va Chempionlar ligasida ishtirok etishni istaydi.

Ez Abde 2023 yilda "Barselona"dan "Real Betis"ga o‘tgan. Uning Andalusiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:42, 16.08.2026.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик