Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Manchester Yunayted» mavsum boshlanishi oldidan tarkib muammolariga duch keldi

«Manchester Yunayted» mavsum boshlanishi oldidan tarkib muammolariga duch keldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» mavsumlarora tayyorgarlikni «Milan»ga 2:4 hisobida yutqazib yakunladi. APLning yangi mavsumi starti oldidan manchesterliklar tarkibida bir qator jarohatlar mavjud.

Mateus Kunya «Milan» bilan o‘yinda yengil jarohat oldi, ammo 22 avgust kuni «Xall Siti»ga qarshi bahsga tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Oyog‘idan jarohat olgan Meyson Maunt ham ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin. Karl Darlou ham «Xall»ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi kutilmoqda.

Benyamin Sheshko 30 avgustdagi «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda, Tom Xiton esa 6 sentyabrda «Everton» bilan bahsda maydonga qaytishi kutilmoqda. Matteys de Ligt operasiyadan so‘ng maydonda mashg‘ulotlarni boshlagan, ammo qachon o‘ynashi hozircha noma’lum. Tizzasidan jiddiy jarohat olgan Manuel Ugarte esa mavsumning katta qismini o‘tkazib yuboradi va faqat 2027 yilda maydonga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 15:07, 16.08.2026.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик