Londonning «Chelsi» klubi vingeri Djeymi Bayno-Gittens «Fenerbaxche»ning qiziqishlari doirasiga kirmaydi. Bu haqda Turkiya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan «Fenerbaxche»ning Bayno-Gittensga qiziqishayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Soxta transfer xabarlari orqali «Fenerbaxche» nomidan foydalanishga bo‘lgan urinishlar hech qanday natija bermasligini aniq ta’kidlaymiz», — deyiladi klub xabarida.
O‘tgan mavsumda 22 yoshli Bayno-Gittens barcha musobaqalarni hisobga olganda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta rezultativ uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













