Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Yuventus» Trubinga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda

«Yuventus» Trubinga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda

Baho:
+ | -

«Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubin «Yuventus»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi ilgari portugaliyaliklar tomonidan so‘ralgan 30 million yevroni to‘lashdan bosh tortgan bo‘lsa-da, Trubin hali ham ularning transfer ro‘yxatida turibdi. Futbolchining o‘zi ham «Benfika»ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgani sababli klubni tark etishga tayyor.

Yangi mavsumda 25 yoshli darvozabon Yevropa Ligasi saralashi doirasida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Joriy mavsumdagi qolgan uchta uchrashuvda esa u zaxira o‘rindig‘ida qoldi.

Trubinning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ukrainalik posbonning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:11, 16.08.2026.
O'qildi: 381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик