Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 0-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Arsenal»ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

«Arsenal»ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

«Arsenal» va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Karl Jenkinson 34 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Futbolchining so‘nggi klubi «Bromli» bo‘ldi. U 2025/26 yilgi mavsum oxirida jamoani tark etgan edi.

«Charlton»dagi bolalik yillarimdan tortib, «Bromli»dagi so‘nggi o‘yinimgacha — mening yo‘limning bir qismi bo‘lgan barchaga rahmat. 8 yoshimdan beri futbol mening hayotim edi. U menga ko‘p narsa berdi, men ham unga bor vujudimni bag‘ishlab xizmat qildim», — deb yozdi Jenkinson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Jenkinson 2011 yildan 2019 yilgacha «Arsenal» sharafini himoya qilib, barcha turnirlarda 70 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2012 yilda u Angliya terma jamoasi libosida o‘zining yagona o‘yinini o‘tkazgan.

Kiritildi: 15:56, 16.08.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик