«Parma» darvozaboni Zion Sudzuki «Aston Villa»ga o‘tishga tayyor.
Oldinroq Yaponiya terma jamoasi posbonining «PSJ»ga transferi agentlarning yuqori moliyaviy talablari sababli amalga oshmay qolgani ma’lum bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Italiya klubi bilan Angliya jamoasi bog‘landi va futbolchi uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor ekanini bildirdi.
Jurnalist Ben Djeykobsning xabar qilishicha, 23 yoshli golkiper Birmingem klubiga o‘tishga o‘z roziligini bergan. Hozirda klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda bormoqda.













