"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Shalke"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadi. AS ma’lumotiga ko‘ra, bu belgiyalik golkiperning 2026/27 yilgi mavsumoldi tayyorgarligidagi ilk o‘yini bo‘ladi.
Kurtua Jahon chempionatida olgan yengil jarohati tufayli "Real"ning avvalgi nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmagan. 34 yoshli darvozabon yo‘qotilgan vaqtni qoplash maqsadida ta’tildan belgilangan muddatdan oldinroq qaytib, jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishgan.
"Shalke"ga qarshi bahs Madrid klubi uchun yangi mavsum oldidan so‘nggi sinov bo‘ladi. Joze Mourinyo shogirdlari 22 avgust kuni La Ligada "Espanyol"ga qarshi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi.
"Shalke" — "Real" o‘yini bugun, 16 avgust kuni Gelzenkirxendagi "Feltins-Arena"da o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.













