Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Arsenal" "Manchester Siti"ni yirik hisobda yengib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

"Arsenal" "Manchester Siti"ni yirik hisobda yengib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

"Arsenal" Angliya Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, yangi mavsumni sovrin bilan boshladi. Kardiffdagi "Prinsipaliti" stadionida o‘tgan uchrashuv Mikel Arteta jamoasining to‘liq ustunligi ostida kechdi.

Londonliklar hisobni o‘yin boshlanishi bilan ochdi. Rikkardo Kalafyori 1-daqiqadayoq Maylz Lyuis-Skellining uzatmasidan keyin gol urdi. 28-daqiqada Kay Havers Kristos Solisning pasini golga aylantirib, "Arsenal" ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida Martin Edegor uchinchi golni kiritib, uchrashuv taqdirini amalda hal qildi.

"Manchester Siti" safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Enso Mareska uni Ruben Diash va Yoshko Gvardiol bilan birga himoya chizig‘ida maydonga tushirdi. "Siti" darvozasini Janluiji Donnarumma qo‘riqladi, hujumda esa Erling Holand, Antuan Semenyo va Jeremi Doku harakat qildi.

Shu tariqa, amaldagi Angliya chempioni "Arsenal" yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq sovringa ega chiqdi. "Kanonirlar" mazkur bahsga qadar Angliya Superkubogini 17 marta qo‘lga kiritgandi va "Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba klubga navbatdagi titulni keltirdi.

Enso Mareska uchun esa "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy uchrashuv yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:58, 16.08.2026.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик