Superliganing 17-turidan keyin to‘purarlar poygasida "So‘g‘diyona" futbolchisi Lyupcho Doriyev peshqadamlik qilmoqda.
Doriyev hozirga qadar 12 ta gol urib, eng yaqin ta’qibchilaridan 3 ta to‘pga oldinda bormoqda.
"Dinamo" futbolchisi Anvarjon Hojimirzayev va "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov 9 tadan gol bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
"Paxtakor" futbolchisi Stefen Chinedu hamda "Neftchi" vakili Stipe Perisa hisobida esa 8 tadan gol bor.
Superliga to‘purarlari, 17-turdan keyin:
- Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") — 12 gol
- Anvarjon Hojimirzayev ("Dinamo") — 9
- Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") — 9
- Stefen Chinedu ("Paxtakor") — 8
- Stipe Perisa ("Neftchi") — 8













