Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Romano: Joau Kanselu «Barselona» futbolchisi bo‘ladi — HERE WE GO!

Romano: Joau Kanselu «Barselona» futbolchisi bo‘ladi — HERE WE GO!

Baho:
+ | -

«Barselona» Joau Kanseluni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Insayder Fabrisio Romano transferga o‘zining an’anaviy «HERE WE GO» tasdig‘ini berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik himoyachi «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilib, kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Kanselu «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Futbolchiga Barselonaga borish va transferning so‘nggi rasmiy jarayonlarini yakunlash uchun ruxsat berilgan. Kanseluning yangi klubi bilan shartnoma imzolashi va rasman tanishtirilishi yaqin kunlarga rejalashtirilgan.

Bu Kanseluning «Barselona»dagi uchinchi davri bo‘ladi. U ilk bor 2023/24 yilgi mavsumda «Manchester Siti»dan ijara asosida kataloniyaliklar safida o‘ynagan, keyinchalik «Al-Hilol» futbolchisi sifatida ham «Barsa»ga ijaraga qaytgan edi.

Kanseluning o‘zi ham so‘nggi haftalarda «Barselona»ga qaytish istagini yashirmagan va ijtimoiy tarmoqlarda kataloniyaliklar libosidagi suratlarini joylashtirgandi.

Kiritildi: 22:53, 16.08.2026.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик