Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mareska – Buaddi haqida: «U qanchalik erta kelsa, shuncha yaxshi»

Mareska – Buaddi haqida: «U qanchalik erta kelsa, shuncha yaxshi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska ingliz klubiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Ayyub Buaddi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«U hali ham «Lill» o‘yinchisi. Ammo har qanday yangi futbolchi borasida vaziyat oddiy: u jamoaga qanchalik erta qo‘shilsa, shuncha yaxshi. Bir haftadan so‘ng chempionatdagi birinchi o‘yinimiz bo‘lib o‘tadi, shuning uchun yangi o‘yinchi imkon qadar tezroq biz bilan ishlashni boshlashi va o‘yin tamoyillarimizni tushunib olishi muhim», — deydi Mareska Sky Sports nashriga.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» Buaddi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan va 18 yoshli futbolchi uchun 100 million yevrogacha to‘lashga tayyor. O‘tgan mavsumda Buaddi klub darajasidagi 42 ta o‘yinda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 05:16, 17.08.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик