Italiyaning «Milan» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello meksikalik hujumchi Santyago Ximenesning ehtimoliy sotuvida hech qanday muammo ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, futbolchi o‘z o‘yinlari bilan hafsalani pir qilgan va Ruben Amorim loyihasida joyga loyiq emas.
«Meksikalik futbolchi jarohat olishidan oldin ham hafsalani pir qilgan edi. U ishonchli variant va kafolat sifatida taklif etilgandi, ammo kutilgan ishonchni oqlay olmadi. Jarima maydonchasi ichida kurashmaydi, unda shijoatni ko‘rmadim. Agar undan xalos bo‘lishsa, achinmayman», — dedi Kapello pianetamilan.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Santyago Ximenes 2025 yilning yanvaridan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Niderlandiyaning «Feyenoord» klubidan xarid qilingan edi.













