Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta Angliya Superkubogidagi golidan so‘ng Edegor haqida to‘xtaldi

Arteta Angliya Superkubogidagi golidan so‘ng Edegor haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Superkubogi-2026 doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindagi Martin Edegorning ijrosiga baho berdi.

«Kanonirlar» sardori uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Norvegiyalik yarim himoyachi 48-daqiqada gol urib, tablodagi yakuniy 3:0 hisobini o‘rnatdi.

«Edegor turli sabablarga ko‘ra besh-alti oyni o‘tkazib yubordi va unga sport formasini tiklab olish juda qiyin bo‘ldi. Ishonchim komilki, agar biz uni yaxshi jismoniy holatda ushlab tura olsak va yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlasak, bu mavsumda butunlay boshqacha Martinni ko‘ramiz. Uning o‘zini ko‘rsatishga va hammaga nimalarga qodirligini isbotlashga bo‘lgan ishtiyoqini hamisha ko‘rganman. Bu biz uchun juda muhim», — deydi Arteta «Arsenal» rasmiy saytiga.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda «Arsenal» tarkibida Rikkardo Kalafyori va Kay Xavers ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Kiritildi: 06:50, 17.08.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик