«Vest Xem Yunayted» yarim himoyachisi va sardori Djarrod Bouen jamoa Angliya Premyer-ligasidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, klubda qolish qaroriga nima sabab bo‘lganini ochiqladi.
«APLni tark etganimizdan so‘ng kelajagim haqida so‘rashganida, asosiy masala to‘g‘ri qaror qabul qilish edi. Bu haqda shunday o‘yladim: faoliyatimni yakunlaganimda meni eng ko‘p qiynaydigan «agar unday qilganimda-chi?» degan savol nima bo‘ladi? «Agar unday bo‘lganida-chi?» degan so‘roq hamisha bo‘ladi, lekin aynan shu savol meni yillar davomida qiynashi mumkin edi.
Men ushbu klubni yana Premyer-ligaga qaytarishga harakat qilishim kerakligini tushundim. Bu eng hal qiluvchi omil bo‘ldi. Turli gap-so‘zlar, faoliyatimni davom ettirish uchun boshqa imkoniyatlar bor edi va bu bir kunda qabul qilingan qaror emas. O‘tirib, hammasini o‘zim o‘ylab olishim kerak edi, chunki futbol — bu har hafta to‘xtamaydigan juda zahmatli ish. Ishonchim komilki, bu qaror haqida ko‘p gapirishadi, lekin bu yerda gap birinchi navbatda o‘zim, nimani xohlashim va faoliyatim uchun nima eng yaxshisi ekani haqida bormoqda», — dedi Bouen Sky Sports nashriga bergan intervyusida.













