Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Kioun «Arsenal» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi Angliya Superkubogi o‘yinini baholadi

Kioun «Arsenal» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi Angliya Superkubogi o‘yinini baholadi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Martin Kioun Angliya Superkubogi doirasida «kanonirlar»ning «Manchester Siti» ustidan qozongan yirik g‘alabasi (3:0) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tgan mavsumda «Arsenal» qo‘l tormozini qo‘yvormayapti deyishardi, lekin bugun ular uni butunlay qo‘yvorishdi. Ushbu o‘yinda jamoalar o‘rtasidagi farq hayratlanarli darajada katta edi. Butun «Manchester Siti», jumladan futbolchilar va murabbiy ham qandaydir jonsizdek ko‘rindi.

Plyus tomoni, bu shunchaki mavsum boshi va «Siti» so‘nggi beshta Superkubokning to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan, shuning uchun bunga ortiqcha katta ahamiyat berish kerak emasdir. Ammo «Arsenal» bugungi o‘yini bilan o‘z maqsadlari qanchalik jiddiy ekanini namoyish etdi. Baribir, xulosa chiqarishga hali erta», — dedi Kioun Arsenal Radar manbasiga.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Arsenal» Angliya Premyer-ligasida zafar quchgan bo‘lsa, «Manchester Siti» Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 07:10, 17.08.2026.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик