Kirish Ro'yxatdan o'tish

Din Xyoysen "Real"da 4-raqamni tanlashiga Serxio Ramos sabab bo‘lganini aytdi

Din Xyoysen "Real"da 4-raqamni tanlashiga Serxio Ramos sabab bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen "Shalke 04"ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Qirollik klubi"ning mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi so‘nggi uchrashuvi 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlandi. Xyoysen jamoasining ikkinchi golini urdi. Shuningdek, Kilian Mbappe va Karlos Espi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

21 yoshli ispaniyalik himoyachi o‘z golini Arda Gyulerning aniq uzatmasidan keyin bosh bilan kiritganini ta’kidladi.

"Golim? Arda Gyuler juda ajoyib uzatma berdi. Men to‘pni bosh bilan darvoza tomon yo‘lladim va, baxtimga, u darvozaga kirdi", — dedi Xyoysen.

Futbolchi, shuningdek, "Real" safida 4-raqam ostida harakat qilish uning azaliy orzusi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu raqamni tanlashiga madridliklar afsonasi Serxio Ramos ta’sir ko‘rsatgan.

"Men doim 4-raqamda o‘ynashni orzu qilganman. Serxio Ramos — mening kumirim", — deya Xyoysenning so‘zlarini Madrid Xtra keltiradi.

"Real" 22 avgust, shanba kuni Ispaniya La Ligasidagi yangi mavsumini boshlaydi. Madridliklar birinchi turda safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 10:46, 17.08.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик