Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Al-Hilol" Pedru Netu transferi bo‘yicha "Chelsi" bilan muzokara o‘tkazadi

"Al-Hilol" Pedru Netu transferi bo‘yicha "Chelsi" bilan muzokara o‘tkazadi

Baho:
+ | -

"Al-Hilol" "Chelsi" vingeri Pedru Netuni o‘z safiga qo‘shib olish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi yuzasidan "Chelsi" vakillari bilan navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuv va muhokamalar shu hafta davomida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Pedru Netuning o‘zi allaqachon Saudiya Arabistoni chempionati vise-chempionidan shaxsiy shartnoma bo‘yicha taklif olgan.

Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining hozirgi bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda. "Chelsi" ham Netuni 2024 yilda "Vulverxempton"dan aynan 60 mln yevro evaziga sotib olgan edi.

Portugaliyalik vinger London klubi safida jami 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va yana 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 10:47, 17.08.2026.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик