Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras Joze Mourinyo qo‘l ostida o‘z imkoniyatiga ega bo‘ladi.
23 yoshli futbolchi Mark Kukurelyaning kelishidan so‘ng muqim o‘yin amaliyotisiz qolish xavfi ostida qolgan va shu sababli OAVda uning sotilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shunga qaramay, Marca nashrining xabariga ko‘ra, Mourinyo Karrerasga halol raqobatda asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatini berishni va’da qildi. Portugaliyalik mutaxassis, garchi yoz boshida Kukurelyaning transferini o‘zi faol talab qilgan bo‘lsa-da, unga asosiy tarkibda o‘ynash bo‘yicha hech qanday kafolat berilmaganini ta’kidlagan.
Alvaro Karreras o‘tgan yilning iyul oyida «Real» tomonidan «Benfika»dan 50 million yevro evaziga sotib olingan edi.













