Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Paxtakor»ning Superliga o‘yinlari Iroqda eksklyuziv namoyish etiladi

«Paxtakor»ning Superliga o‘yinlari Iroqda eksklyuziv namoyish etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Iroqning Al-Rabiaa Sports telekanali «Paxtakor»ning O‘zbekiston Superligasidagi uchrashuvlarini mamlakat hududida eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Endilikda iroqlik muxlislar Toshkent klubining milliy chempionat doirasidagi barcha o‘yinlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur kelishuvga «Paxtakor» safida Iroq milliy jamoasining bir yo‘la uch nafar futbolchisi — Ayman Husayn, Bashar Resan va Zayd Tahsin to‘p surayotgani asosiy omillardan biri bo‘lgan. Iroq ommaviy axborot vositalari va muxlislari so‘nggi vaqtlarda ushbu futbolchilarning O‘zbekistondagi faoliyatiga katta qiziqish bildirmoqda.

Xususan, iroqlik futbolchilarning «Paxtakor» tarkibidagi o‘yinlari, gollari va natijalari mahalliy sport nashrlarida muntazam yoritilyapti. «Al-Xalij» nashri ham iroqlik muxlislarning Toshkent klubiga qiziqishi aynan shu uchlik bilan bog‘liq ekanini qayd etgan.

Yangi translyasiya kelishuvi «Paxtakor»ga Iroq media bozoriga kirib borish, xorijdagi auditoriyasini kengaytirish va klub brendini O‘zbekistondan tashqarida ommalashtirish imkonini beradi. Shu tariqa, Toshkent jamoasi Iroqda ham o‘z muxlislari doirasini shakllantirishga kirishmoqda.

Kiritildi: 12:09, 17.08.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик