"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush "Tottenxem"ning jiddiy qiziqishiga qaramay, katta ehtimol bilan London klubiga o‘tmaydi. Bu haqda "Everton"ning sobiq bosh direktori Kit Uayness Football Insider nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "Tottenxem" transfer summasidan tashqari agentlik haqi, futbolchiga beriladigan ko‘tarma puli va boshqa xarajatlar uchun yana taxminan 23,4 mln yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, misrlik hujumchining maoshi ham transfer uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Marmush yiliga taxminan 17 mln yevro ishlab topadi. Kit Uaynessning fikricha, bunday moliyaviy shartlar "Tottenxem" uchun kelishuvni amalga oshirishni ancha qiyinlashtiradi.
Avvalroq "Manchester Siti" Angliya Superkubogi uchun bahsda "Arsenal"ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan edi. Omar Marmush mazkur uchrashuvda 37 daqiqa maydonda harakat qildi va gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













