«Real» hujumchisi Xakobo Ortega faoliyatini Fransiyaning «Strasbur» klubida davom ettiradi. Bu haqda fransuz klubi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
20 yoshli ispaniyalik futbolchi «Strasbur» bilan 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 10 mln yevroni tashkil etgan.
Ispaniya OAV qayd etishicha, ushbu kelishuv «Real» uchun o‘zi tarbiyalagan, ammo asosiy jamoada birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan futbolchining rekord darajadagi sotuvi bo‘ldi.
Ortega «Real»ning ikkinchi jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.













