Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Navbahor» Superliga 17-turida eng yuqori xG ko‘rsatkichini qayd etdi

«Navbahor» Superliga 17-turida eng yuqori xG ko‘rsatkichini qayd etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 17-turida kutilgan gollar — xG ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar ma’lum qilindi. Statistik ma’lumotlar HUDL platformasi tomonidan taqdim etilgan.

Turning eng yuqori natijasi «Navbahor» hisobiga yozildi. Namanganliklar «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinda 4,23 xG ko‘rsatkichini qayd etdi va uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Sermahsul bahs 4:3 hisobida «Navbahor» foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi o‘rinni 2,64 xG bilan «Neftchi» egalladi. Farg‘onaliklar «Andijon» maydonida uchta gol urib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

17-turdagi eng yuqori xG ko‘rsatkichlari:

  1. «Navbahor» — 4,23;
  2. «Neftchi» — 2,64;
  3. «So‘g‘diyona» — 2,29;
  4. «Surxon» — 1,74.

«So‘g‘diyona» va «Surxon» o‘zaro bahsda ushbu ro‘yxatning uchinchi hamda to‘rtinchi o‘rinlarini egalladi. Jizzaxliklar 2,29 xG ko‘rsatkichi bilan uchta gol urgan bo‘lsa, «Surxon» 1,74 xG'dan faqat bir marta foydalandi. Uchrashuv «So‘g‘diyona»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

xG — jamoa yaratgan golli vaziyatlarning sifati va ulardan gol urilish ehtimolini ifodalovchi statistik ko‘rsatkich. U zarba berilgan masofa, burchak, uzatma turi va boshqa omillar asosida hisoblanadi.

Kiritildi: 18:31, 17.08.2026.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик