«Olimpiakos» «Bolonya» yarim himoyachisi Remo Froylerni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
34 yoshli shveysariyalik futbolchi Pirey klubiga erkin agent sifatida o‘tdi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma muddati hozircha ma’lum qilinmagan.
Froyler 2023 yildan buyon «Bolonya» safida to‘p surib kelayotgan edi. U Italiya klubi tarkibida jami 123 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shveysariyalik yarim himoyachi faoliyati davomida «Atalanta», «Nottingem Forest», «Vintertur», «Lyusern» va «Grassxopper» klublarida ham o‘ynagan.













