"Komo" "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kinni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha birinchi rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio sayti xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, taklifning umumiy qiymati 30 mln yevroni tashkil qiladi. Shundan 5 mln yevro futbolchini ijaraga olish uchun, yana 25 mln yevro esa majburiy sotib olish sharti asosida to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Biroq "Fiorentina" bunday shartlarga rozi bo‘lish niyatida emas. Florensiya klubi Kinni jamoada saqlab qolishni istamoqda va uni faqat juda katta summadagi taklif tushgan taqdirdagina sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
26 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy mavsumdagi ilk o‘yinida — Italiya kubogi bahsida — Kin o‘z hisobiga yana 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.













