Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

APL translyasiyalarida futbolchilar va hakamlar suhbati eshittiriladi

APL translyasiyalarida futbolchilar va hakamlar suhbati eshittiriladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi o‘yinlari translyasiyasida futbolchilarning hakamlar bilan suhbatlaridan audiolar ilk bor namoyish etiladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Yangilik RefCam tizimi imkoniyatlarini kengaytirish doirasida joriy qilinadi. Hakam boshiga o‘rnatiladigan kamera bahsli vaziyatlarni uning nuqtayi nazaridan ko‘rsatish imkonini beradi. Tizim o‘tgan mavsum olti haftalik sinovdan o‘tkazilib, keyin translyasiyalarning doimiy qismiga aylangandi.

Avval RefCam orqali yozib olingan suhbatlardan o‘yin vaqtida foydalanish mumkin emasdi va audiolar bir necha kundan keyingina ochiqlanardi. Endi har bir turda shunday yozuvlar mavjud bir yoki ikkita vaziyatni deyarli darhol takroriy lavha bilan birga namoyish etish rejalashtirilgan.

Biroq suhbatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda uzatilmaydi. Shuningdek, VAR tekshirayotgan epizodlarga tegishli muloqotlar ham eshittirilmaydi. Bunga IFAB qoidalari yo‘l qo‘ymaydi.

APL va avval PGMOL nomi bilan faoliyat yuritgan Pro Ref tashkiloti kelajakda hakamlar muloqotini jonli efirda namoyish etishga ruxsat olish uchun IFAB bilan muzokara olib bormoqda.

Kiritildi: 22:32, 17.08.2026.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик