«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi va jamoa sardori Brunu Fernandesh klubni tark etish niyatida emas.
Jurnalist Lori Uitvellning xabar berishicha, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi portugaliyalik futbolchiga yiliga 20 million yevro maosh taklif qilgan. Ammo Brunu Turkiyaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmayapti — u «qizil iblislar» safida o‘ynashda davom etmoqchi. «Manchester Yunayted» rahbariyati ham o‘z sardorini qo‘yib yubormoqchi emas va tomonlar yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Brunu Fernandesh 2020 yilning yanvar oyidan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. 31 yoshli futbolchining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini 22 avgust kuni safarda «Xall Siti»ga qarshi o‘tkazadi.













