«Chelsi» hujumchisi Liam Delap A Seriyaning «Komo» klubi tomonidan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, Angliya Premyer-ligasida qolishni niyat qilgan. Bu haqda insayder Aleks Kruk X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar 47 million yevrodan kam bo‘lmagan taklif tushsa, Delapni sotishga tayyor.
Delap o‘tgan yozda «Ipsvich»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.













